Янгиликлар
14-03-2026, 14:03 Yurt obodligi yo‘lchilar mehnatida namoyon 3-03-2026, 16:34 Korrupsiyasiz tizim sari amaliy qadamlar 3-03-2026, 14:59 Yo‘l xavfsizligi uchun profilaktik ta’mirlash ishlari amalga oshirildi 3-08-2024, 15:40 Urganch shahar Shovot ko‘chasining (A.Temur ko‘chasidan Baynalminalchi ko‘chasigacha) bo‘lgan qismini joriy ta'mirlash jarayonidan lavhalar 12-01-2024, 12:19 Yo‘l infratuzilmasidagi islohotlar 11-12-2023, 16:19 Равон йўллардан - обод манзиллар сари: Шовот тумани 13-10-2022, 16:35 "ОБОД ҚИШЛОҚ" ДАСТУРИ АСОСИДА ҲУДУДЛАР ИНФРАТУЗИЛМАСИ ЯХШИЛАНМОҚДА... 13-10-2022, 15:28 “Хоразм минтақавий йўлларга буюртмачи хизмати” давлат унитар корхонасида “Коррупцияга қарши курашиш тўғрисида” қонуни мазмун моҳияти, корхона фаолиятида коррупциявий ҳолатларга йўл қўймаслик бўйича йиғилиш бўлиб ўтди. 29-09-2022, 18:38 Ер ва мулкий муносабатлар бўлими 25-09-2022, 22:45 «Yangiariqdan keldim, u yo‘l yo‘l emas» - Mirziyoyev Xorazm yo‘llarini yaxshilash bo‘yicha topshiriq berdi

Korrupsiyasiz tizim sari amaliy qadamlar

Xorazm viloyati Avtomobil yoʻllari Bosh boshqarmasi tomonidan korrupsiyaning oldini olish, davlat xaridlari jarayonida manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan seminarlar tashkil etildi.

Mazkur o‘quv seminarning navbatdagi manzillari Bog‘ot va Tuproqqal’a tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi DMlari boʻldi.

Unda so‘zga chiqqan boshqarmaning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha bosh mutaxassisi Bekmurod Sobirov hamda yurist-konsulti Hamza Palvonov bugungi kunda sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, davlat xaridlarida qonun talablariga qat’iy rioya etish, manfaatlar to‘qnashuvini barvaqt aniqlash va bartaraf etish ustuvor vazifa ekanini ta’kidladilar.

Shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlarning oldini olish hamda bunday holatlarga imkon beruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berildi.

Seminar davomida xodimlarning savollariga atroflicha javob qaytarilib, kelgusida shu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan aniq tavsiyalar bildirildi.
menu
menu