Yo‘l infratuzilmasidagi islohotlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 fevraldagi PQ-5101 sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida, Hazorasp tumani Yangibozor qishlog‘i Erkin iqtisodiy zonasi hududida bosh rejaga asosan “Xorazm mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi buyurtmachiligida pudratchi tashkilot "TO‘RTKO‘L ShOXBOZ-TRANS" MChJ tomonidan loyiha smeta hujjatlariga muvofiq jami 2 km uzunlikda yo‘l qoplamasi qurish ishlari olib borilib, belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirildi.
