Янгиликлар
3-08-2024, 15:40 Urganch shahar Shovot ko‘chasining (A.Temur ko‘chasidan Baynalminalchi ko‘chasigacha) bo‘lgan qismini joriy ta'mirlash jarayonidan lavhalar 12-01-2024, 12:19 Yo‘l infratuzilmasidagi islohotlar 11-12-2023, 16:19 Равон йўллардан - обод манзиллар сари: Шовот тумани 13-10-2022, 16:35 "ОБОД ҚИШЛОҚ" ДАСТУРИ АСОСИДА ҲУДУДЛАР ИНФРАТУЗИЛМАСИ ЯХШИЛАНМОҚДА... 13-10-2022, 15:28 “Хоразм минтақавий йўлларга буюртмачи хизмати” давлат унитар корхонасида “Коррупцияга қарши курашиш тўғрисида” қонуни мазмун моҳияти, корхона фаолиятида коррупциявий ҳолатларга йўл қўймаслик бўйича йиғилиш бўлиб ўтди. 29-09-2022, 18:38 Ер ва мулкий муносабатлар бўлими 25-09-2022, 22:45 «Yangiariqdan keldim, u yo‘l yo‘l emas» - Mirziyoyev Xorazm yo‘llarini yaxshilash bo‘yicha topshiriq berdi 25-09-2022, 22:45 Davlatimiz rahbari Toshkent metallurgiya zavodidagi texnologik jarayon bilan tanishdi 25-09-2022, 22:44 Корхона тўғрисида умумий маълумот 24-09-2022, 16:17 15.08.2022 йил №132 сонли Ўзбекистон республикаси вазирлар махкамаси раёсати мажлисининг баёни

Корхона устави

I. Umumiy qoidalar.

1. “Xorazm mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda – “Korxona”, deb nomlanadi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Аvtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2776-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Аvtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasining 2017 yil 29 martdagi 11-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 dekabrdagi “Yo‘l sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4545 – sonli qaroriga ko‘ra Korxona Transport vazirligi huzuridagi Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda – “Muassis”, deb nomlanadi)ning tashkiliy tuzilmasi hisoblanadi.

2. Ushbu Nizom Korxonaning maqomi, asosiy vazifalari, funktsiyalari, huquqlari va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.

3. Korxona davlat ro‘yxatidan qayta o‘tkazilgandan so‘ng mazkur Nizom asosida faoliyatini davom ettiradi va uning faoliyat muddati cheklanmagan.

4. Korxona Ustaviga o‘zgartirishlar Muassisning qaroriga ko‘ra kiritiladi va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

5. Korxonaning to‘liq nomi:

o‘zbek tilida –“Xorazm mintaqaviy yo‘llarga buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi (qisqartmasi – “Xorazm MYBX” DUK);

rus tilida - Государственное унитарное предприятие “Хорезмская служба заказчика по региональным  дорогам” (qisqartmasi - ГУП “Хорезмская СЗРД”).

6. Korxona Xorazm viloyatidagi xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini (keyingi o‘rinlarda - “mintaqaviy avtomobil yo‘llari”) loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash bo‘yicha buyurtmachi funktsiyalarini amalga oshiradi.

Korxona, shuningdek, viloyatdagi yangi avtomobil yo‘llarini qurish, shu jumladan rokat avtomobil yo‘llarini (ustavda korxonaga rokat yo‘li biriktirilgan bo‘lsa ko‘rsatib o‘tiladi), ko‘chalarni qurish, viloyat avtomobil yo‘llari tarkibiga kiradigan muhandislik inshootlarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash bo‘yicha bo‘yicha buyurtmachi funktsiyalarini amalga oshirishi mumkin.

7. Korxona o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Muassisning qarorlari, farmoyishlari va buyruqlariga, mazkur Ustavga hamda sohaga oid boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.

8. Korxona o‘z faoliyatini xo‘jalik hisobi asosida amalga oshiradi va bevosita Muassisga bo‘ysunadi.

9. Korxona O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan o‘z nomi davlat tilida yozilgan blankalarga, dumaloq muhrga va alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, banklarda alohida hisob raqamlariga, shuningdek xorijiy valyuta hisob raqamiga ega bo‘ladi.

10. Loyihalashtirish, qurish, qayta qurish va taʼmirlash ishlarini moliyalashtirish uchun Korxona g‘aznachilikda alohida shaxsiy hisob raqamlariga ega bo‘ladi.

11. Korxona taʼminoti amaldagi qonunchilikka asosan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

12. Korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda daʼvogar va javobgar bo‘lishi mumkin.

13. Korxonaning yuridik manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Xorazm viloyati, Urganch shahri, Xiva shox ko‘chasi, 1-km.

II. Korxonaning asosiy vazifalari.

14. Quyidagilar korxonaning asosiy vazifalari hisoblanadi:

mintaqaviy avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, qayta qurish va taʼmirlash ishlariga buyurtmachi vazifasini bajarish; 

 loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda loyiha yechimlarining samara- dorligini taʼminlash, arxitektura va shaharsozlik qurilish normalari talablariga rioya qilish;

mintaqaviy avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, qayta qurish va taʼmirlash ishlari bo‘yicha bajarilgan ishlarni amaldagi tartib bo‘yicha qabul qilish va moliyalashtirish;

mintaqaviy avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, qayta qurish va taʼmirlash ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarini tegishli idoralar bilan kelishilgan holda o‘rnatilgan tartibda tayyorlash va Muassisga taqdim etish.

III. Korxonaning asosiy funktsiyalari.

15. Korxona o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funktsiyalarni bajaradi:

a) mintaqaviy avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, qayta qurish va taʼmirlash ishlariga buyurtmachi vazifasini bajarishda:

- mintaqaviy avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, qayta qurish va taʼmirlash ishlari bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda pudratchilar bilan pudrat shartnomalarini tuzish;

- mintaqaviy avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va taʼmirlash ishlarini loyihalashtirishga topshiriq berish;

- qurilish va qurilish obʼektlari uchun tegishli yer maydonlarini tanlash va ajratish bo‘yicha komissiyalar ishida o‘rnatilgan tartibda ishtirok etish;

- qurilish va qayta qurilish uchun yer uchastkalari ajratish to‘g‘risidagi xujjatlarni rasmiylashtirilishida o‘rnatilgan tartibda ishtirok etish va tegishli idoralar hamda foydalanish xizmatlarining ruxsatnomalarini belgilangan muddatlarda pudratchilarga berish;

b) mintaqaviy avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, qayta qurish va taʼmirlash ishlari bo‘yicha bajarilgan ishlarni amaldagi tartib bo‘yicha qabul qilish va moliyalashtirishda;

- moliyalashtirish jadvaliga asosan zarur bo‘lgan barcha hujjatlarni g‘aznachilikka taqdim etgan holda belgilangan tartibda mintaqaviy avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish qurish, qayta qurish va taʼmirlash ishlarini o‘z vaqtida moliyalashtirishni ochilishini va moliyalashtirilishini taʼminlash;

- mintaqaviy avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, qayta qurish va taʼmirlash obʼektlarida ishlarni bajarish va moliyalashtirish jadvallariga muvofiq korxonalarga o‘rnatilgan tartibda avans berish va joriy moliyalashtirish.

- mintaqaviy avtomobil yo‘llarida qurilish normalari va qoidalariga hamda amaldagi tegishli meʼyoriy hujjatlarga muvofiq tugallangan obʼektlarni foydalanishga o‘rnatilgan tartibda qabul qilib olish va bajarilgan ishlarni belgilangan tartibda to‘lovlarini amalga oshirish hamda yakuniy hisob-kitobni amalga oshirish;

- shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi va zarur darajada bajaril- maganligi uchun pudratchi, loyihachi va boshqa tashkilotlarga jarima (neustoyka, penya) to‘lash to‘g‘risidagi daʼvolarni taqdim etish;

- foydalanishga qabul qilingan obʼektlarni, ijro hujjatlarini, ishchi va davlat komissiyasining qabul qilish dalolatnomalarini barcha ilovalar bilan birgalikda foydalanuvchi korxona va tashkilotlarga berish;

- mintaqaviy avtomobil yo‘llari obʼektlarida bajarilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlarini belgilangan muddatlarda pudratchilar tomonidan foydalanishga topshirishni taʼminlash;

- obʼektlar qurilishi va qayta qurilishi hududidagi buzilishga tushgan turar va noturar bino-inshootlar buzilishi hamda daraxtlar kesilishi bilan bog‘liq tovon pullari to‘lovini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirish.

v) loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda loyiha yechimlarining samaradorligini taʼminlash, arxitektura va shaharsozlik qurilish normalari talablariga rioya qilishda;

- obʼektlar qurilishi, qayta qurilishi va taʼmirlanishida texnik kuzatish (nazorat)ni taʼminlash;

- loyihalashtiruvchi korxonalar tomonidan shartnoma majburiyatlariga rioya etilishini nazorat qilish;

- loyiha hujjatlarining o‘rnatilgan tartibda ekspertizadan o‘tkazilishini, kelishilishini, tasdiqlanishini, shuningdek ekspertizaning xulosalari hamda pudratchi tashkilotlarining mulohazalari bo‘yicha loyiha hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishini o‘rnatilgan tartibda tashkil etish;

- obʼektlarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish hamda qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnomalar olish, shuningdek pudrat tashkilot- larida tegishli faoliyat turiga va ishlarni bajarishga litsenziyalar, mualliflik nazorat borligini tekshirish.

g) mintaqaviy avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, qayta qurish va taʼmirlash ishlari bo‘yicha manzilli ro‘yxatlarini tegishli idoralar bilan kelishilgan holda ornatilgan tartibda tayyorlash va Muassisga taqdim etish;

- qurish, qayta qurish va taʼmirlash ishlarining manzilli ro‘yhatlarini o‘rnatilgan tartibda shakllantirish;

- mintaqaviy avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va taʼmirlash obʼektlari bo‘yicha kelgusi yillardagi loyiha-qidiruv ishlarini mintaqaviy avtomobil yo‘llari, sunʼiy inshootlar va yo‘l infratuzilma obʼektlari holatining diagnostikasi maʼlumotlari, aholi punktlari bosh rejalari, shuningdek mintaqaviy avtomobil yo‘llari tarmoqlarining kelajakdagi rivoj- lantirish dasturlariga muvofiqlashtirish;

- mintaqaviy avtomobil yo‘llarini qurish, qayta qurish va taʼmirlash loyihalari (dasturlari) bo‘yicha boshlang‘ich maʼlumotlarni tayyorlash, ularni amalga oshirish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga taklif berish.

IV. Muassisning huquq va majburiyatlari.

16. Muassis qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:

Korxona faoliyatining maqsadi, vazifalari, funktsiyalari, predmeti, turlarini belgilash;

Korxona Ustavini tasdiqlash, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda bekor qilish;

Korxona direktorini o‘rnatilgan tartibda tayinlash, u bilan mehnat shartnomasini tuzish va tuzilgan mehnat shartnomasini belgilangan tartibda muddatidan oldin bekor qilish;

Korxonani qayta tashkil etish va (yoki) tugatish, nomini o‘zgartirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balanslarini tasdiqlash;

Korxona mulkiga oid bitishuvlarni haqiqiy emas, deb eʼtirof etish to‘g‘risidagi daʼvo bilan sudga murojaat qilish;

Korxonaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini belgilangan tartibda olib qo‘yish va ularni tasarruf etish;

Korxona sof foydasini tasarruf etish va uni sarflash yo‘nalishlarini belgilash;

Sudlarga Korxonaga yetkazilgan zararlarni undirish to‘g‘risida korxona direktoriga nisbatan daʼvo kiritish;

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan barcha huquq vaimtiyozlardan foydalanish.

17. Muassis quyidagilarga majbur:

Korxona direktorini ornatilgan tartibda tayinlash, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq direktor bilan mehnat shartnomasi tuzish;

Korxonaga berilgan mulkdan maqsadli foydalanilishini va saqlanishini, shuningdek uning begonalashtirilishini nazorat qilish.

V. Korxonaning huquq va majburiyatlari.

18. Korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:

Respublika yo‘l xojaligi faoliyatidagi barcha masalalar bo‘yicha tegishli davlat boshqaruv idoralariga takliflar kiritish;

ishlab chiqarishning moddiy - texnik taʼminoti masalalarini mustaqil hal qilish; 

aniq ish turlarining ijrochisini tanlash;

mehnat unumdorligini oshishi va ishlarning sifatini taʼminlaydigan mehnatga haq tolashning turli shakllarini qollash; 

mehnat jamoasining ijtimoiy rivoji masalalarini hal kilish;

Muassisining yozma roziligi bilan belgilangan tartibda banklardan turli kreditlar olish;

Korxonaga berilgan mol-mulkdan belgilangan maqsadlarda foydalanish;

Ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish, qayta qurish va ta’mirlash buyicha ishlarni bajarish yuzasidan (xizmatlar ko‘rsatishga) shartnomalar tuzish;

Qurilish va ta’mirlash ob’ektlari bo‘yicha audit tahlili va monitoringni o‘tkazish;

Oziga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bogliq ishlarni bajarish uchun zaruratga ko‘ra belgilangan tartibda mutaxassislarni (ekspertlarni) jalb qilish;

Qurilish, qayta qurish va taʼmirlash ob’ektlarida yo‘l ishlarini texnik nazorat qilish, hamda bajarilgan ish hajmlarini tolovga qabul qilish uchun xolis injener-konsalting xizmati tashkilotlarini ornatilgan tartibda jalb qilish;

19. Korxona direktori Korxonaning yakka ijro etuvchi organi hisoblanadi va Korxona oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini tashkil etadi, Korxona nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko‘rsatadi va uning manfaatlarini ifodalaydi.

Korxona direktori Korxona nomidan shartnomalar tuzadi va ularni belgilangan tartibda amalga oshirilishini taʼminlaydi, xodimlarni ishga qabul qiladi, ular bilan mehnat shartnomalarini tuzadi, o‘zgartiradi va bekor qiladi, xodimlarga belgilangan tartibda mukofotlar, ustamalar va boshqa to‘lovlarni amalga oshiradi, buyruqlar chiqaradi, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi.

Korxona direktori qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘ladi.

20. Korxona direktori korxonaga yuklatilgan vazifa va majburiyatlarga muvofiq korxona faoliyati tashkil etilishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

21. Korxona boshqaruv xodimlarining shtat bo‘yicha soni va ularning lavozim tarif razryadlari hamda saqlash xarajatlari smetasi Korxona direktori tomonidan Muassis bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

22. Korxona direktori Muassis oldida Korxona faoliyati to‘g‘risida hisobot beradi.

23. Korxona direktori oz huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Korxona manfaatlarini kozlab harakat qiladi hamda byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy tolovlarni, ish haqini oz vaqtida tolanishi, mehnat huquqlari va munosabatlaridan hamda ularga tenglashtirilgan tolovlardan kelib chiqadigan barcha talablarning qondirilishi, ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bogliq bolgan ehtiyojlar uchun pul mablaglarining o‘tkazilmaganligi, ozining harakati (harakatsizligi) tufayli, shu jumladan Korxonaga berilgan mulk yoqolgan taqdirda, Korxonaga yetkazilgan zararlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.

24. Korxona quyidagilarga majbur:

Korxonaga berilgan mulkdan maqsadli foydalanilishini va saqlanishini, shuningdek uning begonalashtirilishini nazorat qilish;

O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga qatʼiy ravishda rioya qilish.

VI. Korxonaning ustav fondi.

25. Korxonaning ustav fondi Muassis tomonidan ajratiladigan asosiy vositalar hisobidan tashkil topadi.

26. Korxonaning ustav fondi Muassisning qaroriga muvofiq kopaytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Ustav fondining kopaytirilganligi yoki kamaytiril- ganligi Korxona Ustaviga bu haqda tegishli o‘zgartirish kiritilib, ushbu o‘zgartirishlar Muassis tomonidan tasdiqlangan va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin kuchga kiradi.

27. Korxona mulki davlat mulki hisoblanadi, hamda:

Muassis tomonidan korxonaga birkitilgan (berilgan) mulk;

- qonun hujjatlariga zid bolmagan boshqa manbalar hisobiga shakllanti- riladi.

- Korxona mulkining qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladi.

28. Korxona mulki bolinmas mulk hisoblanadi. 

29. Korxona mulkini tasarruf etish quyidagi hollarda Korxonaning direktori tomonidan faqat Muassis bilan kelishgan holda amalga oshiriladi:

asosiy vositalarni balansdan chiqarish, sotish, ularni begonalashtirish yoki garovga topshirish;

mulkni boshqa xo‘jalik jamiyati ustav fondiga ulush sifatida qoshish;

xo‘jalik jamiyatlarining aktsiyalari (ulushlari)ni sotib olish;

xo‘jalik jamiyatlaridagi Korxonaga tegishli aktsiyalar (ulushlar)ni sotish;

mulkni Korxona faoliyati maqsadlariga muvofiq bolmagan boshqacha tarzda tasarruf etish.

VII. Korxonaning javobgarligi.

30. Korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mulk bilan javob beradi. Korxona muassis majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi, Muassis Korxonaning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.

 

VШ. Korxona faoliyatini boshqarish va nazorat qilish.

31. Korxonani Muassis tomonidan o‘rnatilgan tartibda tayinlangan direktor boshqaradi. Muassis direktor bilan mehnat shartnomasini tuzadi va tuzilgan mehnat shartnomasini belgilangan tartibda bekor qiladi.

32. Direktor o‘rinbosari, bosh muhandisi va bosh hisobchisi Muassis bilan kelishilgan holda korxona direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

33. Korxona hisobot davri tugagach, vakolatli organlarga moliyaviy hisobotni va ro‘yhati qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hujjatlarni taqdim etadi hamda hujjatlarning saqlanishi va ularning belgilangan tartibda davlat tomonidan saqlashga berilishi uchun javob beradi. 

34. Korxona hisobot davri (choraklik, yillik) yakuni bo‘yicha Muassisga jamlangan holda o‘rnatilgan tartibda balans hisobotlarini (moliya, buxgalteriya, statistik va boshqa hisobotlar) topshiradi.

35. Korxona faoliyatini xo‘jalik yurituvchi organ sifatida nazorat qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Muassis va boshqa vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.

IX. Korxonani qayta tashkil etish va tugatish.

36. Korxona Muassis qaroriga ko‘ra qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoxud sud qaroriga binoan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.

X. Yakuniy qoidalar

37. Ushbu Ustavda tartibga solinmagan masalalar O‘zbekiston Respublikasi- ning amaldagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.

38. Ushbu Ustav qonunga muvofiq ro‘yhatdan o‘tkazilgan kundan boshlab kuchga kiradi.
menu
menu